Har qandayehtiyoj uchun mikrokredit
IMPACT FINANCE bilan moliyaviy maqsadlaringizga erishish uchun ishonchli hamkor toping. Tez, qulay va xavfsiz kredit xizmatlaridan foydalaning.

Biz haqimizda
Impact Finance — bu moliyaviy inklyuziyani kengaytirish va iqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan mikromoliya tashkiloti. Biz kichik biznes egalari, ayollar tadbirkorligi, yoshlar va qishloq aholisi uchun adolatli, shaffof va ishonchli moliyaviy yechimlarni taqdim etamiz.
Bizning asosiy maqsadimiz — an’anaviy moliyaviy tizimdan chetda qolgan qatlamlarga ham imkoniyat yaratishdir. Shuning uchun biz mikrokreditlar va boshqa moliyaviy xizmatlar orqali ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantiramiz.
Qadriyatlarimiz
- •Ishonchlilik – mijozlarimizga doimo halol va mas’uliyat bilan xizmat ko‘rsatamiz.
- •Shaffoflik – barcha jarayonlarda ochiq va tushunarli shart-sharoitlarni taqdim etamiz.
- •Barqaror rivojlanish – moliyaviy yordam orqali jamiyat farovonligini mustahkamlaymiz.
- •Hamkorlik – uzoq muddatli, o‘zaro foydali aloqalarni rivojlantiramiz.
Biz uchun har bir mijozning muvaffaqiyati — Impact Finance muvaffaqiyatidir.
Nima uchun aynan bizni tanlashingiz kerak?
IMPACT FINANCE bilan ishonchli va qulay kredit xizmatlaridan foydalaning
Qisqa vaqt ichida kredit olish
Tez va oson rasmiylashtirish jarayoni. Minimal vaqt sarflab, maksimal natijaga erishing.
Foydali kredit shartlari
Eng qulay foiz stavkalari va moslashuvchan to'lov muddatlari. Sizning imkoniyatingizga mos.
Yuqori tasdiqlanish ehtimoli
Minimal hujjatlar bilan kredit olish imkoniyati. Ishonchli hamkor sifatida xizmat ko'rsatamiz.
Kredit turlari
Mikrokredit Biznes
Mikrokredit Biznes+
Mikrokredit Oson
Mikrozaym Ishonch
Kreditni hisoblash kalkulyatori
Saytdagi kalkulyatordan foydalanib, summani va muddatni tanlab, oylik to‘lovning taxminiy miqdorini hisoblab chiqing
Foydali taklif
Oylik to‘lov:
0 so‘m
Dastlabki hisob-kitob
Summalar, muddatlar va to‘lovlar bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun tashkilot ofisiga tashrif buyurishingiz yoki telefon raqami orqali bog‘lanishingiz mumkin.
+998 (55) 515-01-11
Boshqaruv va direktorlar kengashi

Jaloliddin Kadirov
Bosh direktor – bank-moliya sohasida rahbarlik va ijro lavozimlarida tajribaga ega bo‘lgan kichik va o‘rta biznes bilan ishlash bo‘yicha menejer. Korporativ hamda kichik va o’rta biznesni moliyalashtirish, qarzlarni qaytarish va monitoring bo‘yicha chuqur bilimga ega.

Jamoliddin Abdullaev
Risklar bo‘yicha direktor - bank ishi va bank-moliya sohasida 20 yillik ish tajribasiga ega, yuqori va ijro etuvchi boshqaruv, kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish, operatsion faoliyat, xatarlarni boshqarish, g‘aznachilik va moliyaviy rejalashtirish sohasida ish tajribasiga ega bo‘lgan tajribali mutaxassis. Davlat hamda tijorat banklarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Mirzo Bozorov
Moliya bo‘yicha direktor - bank-moliya tizimida moliyaviy boshqaruv, loyihalarni boshqarish va mahsulotlarni ishlab chiqish sohasida 10 yillik ish tajribaga ega bo‘lgan, bank ishi va strategik rejalashtirish sohasidagi rahbar. Bank va moliya sohasida mahsulotlar samaradorligi va raqamli bank mahsulotlarini yetkazib berish kanallariga alohida e’tibor qaratadi. Moliya sohasida Xalqaro sertifikatga ega rahbar.

Mirg’ulom Dosmuhammedov
O‘zbekiston bank sektorida 15 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan bosh buxgalter bank va MFO sohasiga ixtisoslashgan. Buxgalteriya hisoboti va soliq hisobi bo‘yicha chuqur bilimga ega, me’yoriy talablarga rioya qilishga e’tibor qaratadi.
Kontaktlar
Agar sizda biron bir savol yoki istak paydo bo‘lsa, iltimos, biz bilan bog‘laning
Telefon raqami:
impactfinanceleaders@gmail.com
Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, O’rda MFY, Labzak ko’chasi 2a-uy